Kantona: «Manchester Yunayted»dagi Fergyusonning barcha merosi yo‘q qilindi»

«Manchester Yunayted»ning sobiq yulduzi, fransiyalik hujumchi Erik Kantonaning fikricha, ser Aleks Fergyuson ketganidan o‘n ikki yil o‘tib, «MYU» uning butun merosini yo‘q qilgan.

«Ular ajoyib hujumkor futbol o‘ynagan Aleks Fergyusonning butun merosini yo‘q qilishdi. Klubning yangi xo‘jayinlari bunday uslubni targ‘ib qilmayapti. Men klubga o‘z yordamimni taklif qildim, ammo Jim Retkliff hamkorlikka qiziqish bildirmadi. Futbolchi bo‘lganimda, bu klub menga hamma narsani berdi. Men o‘zimni yordam berishga majbur deb his qildim, murojaat qildim, ammo endi o‘zimni aybdor his qilmayapman,» – deya Kantonaning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o‘tamiz, Kanton 90 yillarda «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter