Gattuzo – Italiyaning qiyin g‘alabasi haqida: «Agar siz 11:1 kutgan bo‘lsangiz, bu mening muammolarim emas»
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Moldova ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng intervyu berdi.
Payshanba kuni JCH-2026 saralashi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv «skuadra adzurra»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mehmonlar faqat 88-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lishdi, ikkinchi to‘p esa 92-daqiqada kiritildi.
«O‘yin yaxshi emas? Bu bilan nima demoqchisiz? Jamoa ustunlik qildi, biror marta raqibga aniq zarba berishga imkon bermadik. Agar Moldova Norvegiya bilan o‘yindagidek 1:11 hisobida yutqazishini kutgan bo‘lsangiz, bu mening muammolarim emas. Oson o‘yinlar bo‘lmaydi.
Biz butun tarkibni o‘zgartirdik va shuncha o‘zgarishlar tufayli yutqazishimiz ham mumkinligini his qildim. Futbolchilar oldida shlyapamni yechaman,» – dedi Gattuzo RAI Sport nashriga bergan intervyusida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
