«Liverpul» «Real»ni mag‘lub etib, rekord o‘rnatdi
Chempionlar ligasi umumiy bosqichidan o‘rin olgan o‘z maydonidagi o‘yinda «Liverpul» Madridning «Real» klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi – 1:0. Uchrashuvdagi yagona golni argentinalik xavbek Aleksis Makallister kiritdi.
Stata Football xabariga ko‘ra, mersisaydliklar Chempionlar ligasida «qaymoqranglilar» ustidan «quruq» g‘alaba qozonish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. «Liverpul» «Real» ustidan 5 ta g‘alabaga erishib, o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormadi.
Kechagi muvaffaqiyatdan so‘ng Arne Slot shogirdlari to‘qqiz ochko jamg‘arib, turnir jadvalida oltinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Chempionlar ligasidagi navbatdagi o‘yinni inglizlar o‘z maydonida Niderlandiyaning PSV klubiga qarshi o‘tkazadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
