“Liverpul” yangi rekord o‘rnatdi

2024 yilning birinchi kechasida “Liverpul” “Nyukasl” ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z muxlislarini xursand qildi.

Yurgen Klopp shogirdlarida ko‘p imkoniyatlar bo‘lgan va ular ko‘proq gol urishlari kerak edi. Angliya Premyer-ligasi rasmiy saytida aytilishicha, «qizillar» kutilgan gollar (XG) bo‘yicha yangi rekord o‘rnatgan.

«Nyukasl»ga qarshi o‘yinda «Liverpul»ning xG ko‘rsatkichi 7,27 edi. Oldingi rekordni «Uotford» (2019-yil sentyabr) va «Lids»ga (2022-yil, fevral) qarshi o‘yinlarda o‘rtacha 5,87 XG to‘plagan «Manchester Siti» va «Liverpul» bu ro‘yxatda shu paytgacha peshqadam edi.

Shuni ta’kidlash kerakki, xG statistik ma’lumotlari Premyer-ligada 2010/2011 yilgi mavsumdan boshlab yig‘ila boshlandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter