Saudiya chempionati. Ronalduning dubli «An-Nasr»ga «Al-Fayha» ustidan irodali g‘alaba keltirdi

Saudiya Arabistoni chempionatining 7-turida «An-Nasr» o‘z maydonida «Al-Feyha»ni mag‘lub etdi – 2:1.

Mezbonlar tarkibida ikkala golga ham Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi, u 37-daqiqada o‘yindan gol urib, qo‘shib berilgan daqiqalarda penaltidan unumli foydalandi. Bu gollar 40 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun professional faoliyatidagi 951 va 952-gollari bo‘ldi.

«An-Nasr» 21 ochko bilan Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Ronaldu Saudiya Arabistoni klubida 2023 yilning yanvaridan buyon to‘p tepib kelmoqda.

Saudiya chempionati. 7-tur
1 noyabr, shanba, 22:00
An-Nasr – Al-Fayha – 2:1
Gollar: Yason Remeseyro, 13 (0:1). Krishtianu Ronaldu, 37 (1:1). Krishtianu Ronaldu, 90+14 – penaltidan (2:1)
An-Nasr: Al-Akidi, Al-Amri, Inigo Martines, Al-Bushal (Al-Xaibari, 46), Al-Gannam, Brozovich (Kamara, 90, Al-SHarari, 90+16), Anjelu Gabriel (Al-Nadjei, 76), Koman, Mane (Uesli Teysheyra, 90), Krishtianu Ronaldu, Joau Feliks
Al-Fayha: Moskera, Smolling, Semedu, Vilyanueva, Al-Xatxi (Al-Bishi, 74), Benzia, Bamsaud, Al-Bakavi (Al-Anzi, 90+4), Yason Remeseyro (Al-Saxafi, 90+4), Enad (Ganvula, 79), Sakala
Ogohlantirishlar: Brozovich, 43. Joau Feliks, 63 – Al-Bakavi, 22. Al-Xatxi, 28

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter