Flik: «Yamal bilan gaplashib oldim»
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Lamin Yamal haqidagi savolga javob berdi.
«Ko‘k-anorranglilar»ning 18 yoshli yulduzining o‘yinlari so‘nggi paytlarda ikkinchi darajaga tushib qoldi: matbuotda ko‘proq futbolchi bilan bog‘liq shov-shuvli voqealar, uning shaxsiy hayoti va joriy mavsumda tinchlik bermayotgan jarohati muhokama qilinmoqda.
«Men Lamin bilan gaplashdim. Ikkalamiz ham bir-birimizga nihoyatda to‘g‘ri munosabatda edik. Men uni doimo himoya qilaman va qo‘llab-quvvatlayman. U hali juda yosh,» – dedi Flik matbuot anjumanida.
Yakshanba kuni «Barselona» La Liga doirasida «Elche»ga qarshi bahs olib boradi. Kataloniya grandi o‘tgan turda «Santyago Bernabeu»da Madridning «Real» klubiga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi (1:2).
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
