Gvardiola Donnarumma va Edersonni taqqosladi
Jurnalistlar Xosep Gvardioladan Janluiji Donnarummani jamoaning sobiq darvozaboni Ederson bilan taqqoslashni so‘rashdi.
Italiyalik futbolchi joriy mavsum boshida braziliyalik futbolchining o‘rnini egallagandi.
«Men so‘nggi o‘n yil ichida eng muhim darvozabonimiz bo‘lgan Edersonga nisbatan hurmatsizdek tutumni o‘zimga hech qachon ravo ko‘rmayman. U hal qiluvchi rol o‘ynadi, bizga unutilmas lahzalarni had’ya etdi.
Ammo Donnarumma sal balandroq, xuddi Xoland Agueroga nisbatan balandroq bo‘lgani kabi. Jijining uzun uzatmalarni qabul qilish qobiliyati bizga ustunlik beradi. Lekin bu faqatgina u Edersondan balandroq bo‘lgani uchun. Boshqa sababi yo‘q,» – deya ta’kidladi Gvardiola suhbat chog‘ida.
Seshanba kuni «shaharliklar» Chempionlar ligasida «Vilyarreal» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/