«PSJ» Donnarumma bo‘yicha «Siti»ning taklifini qabul qildi
«PSJ» Janluiji Donnarummani 30 mln yevroga sotishga rozi.
Jurnalist Fabris Xokinsning ma’lum qilishicha, parijliklar 26 yoshli darvozabon bilan taxminan 30 mln yevro evaziga xayrlashishga tayyor. Avvalroq, «Manchester Siti» darvozabon uchun shuncha pul to‘lashga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Donnarumaning o‘zi faoliyatini APLda davom ettirishga rozi va tomonlar allaqachon prinsipial kelishuvga erishgan.
Shu bilan birga, «Manchester Siti» «Galatasaroy» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. «Shaharliklar» Ederson transferi bo‘yicha yechim topishga umid qilmoqda – aynan shu Donnarumma bo‘yicha bitim tuzishning asosiy sharti hisoblanadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/