Joan Laporta Xans-Diter Flikning qizil kartochkasi bo‘yicha keskin bayonot bilan chiqdi

«Barselona» prezidenti Joan Laporta La Liganing 9-turida «Jirona»ga (2:1) qarshi o‘yinda bosh murabbiy Xans-Diter Flik maydondan chetlatilganiga izoh berdi.

«Ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Ronald Arauxoning g‘alaba goli oldidan hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda ikkita sariq kartochka oldi. Diskvalifikasiya tufayli germaniyalik mutaxassis Madridning «Real» klubiga qarshi navbatdagi uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

«Ikkita sariq kartochka ustidan shikoyat qildik. Hakam haddidan oshdi. Diskvalifikasiya bekor qilinishi dargumon, lekin men Flikka uni qo‘llab-quvvatlashimni aytdim. Hakamning o‘zini tutishi menga yoqmadi.

Xesus Xil Mansano deyarli barcha eng yaxshi o‘yinchilarimizni maydondan chetlatgan. Uning ro‘yxatiga bir qarab ko‘ring. Bu doimiy ravishda sodir bo‘ladi», – deya Laportaning so‘zlarini keltiradi ispan OAV.

«Real» – «Barselona» uchrashuvi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter