Sarri: «Men hatto 18 million evaziga ham Saudiya Arabistoniga bormagan bo‘lardim»
«Lasio» bosh murabbiyi Maurisio Sarri Saudiya Arabistoni chempionatida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlar haqida fikr bildirdi.
«Men Saudiya Arabistoni ligasida ishlashga rozi bo‘lmasdim, hatto menga yiliga 18 million yevro taklif qilishsa ham. «Lasio»da bir yilda qancha pul topsam, u yerda bir oyda shuncha pul topishim mumkin edi. Lekin men doim pulga emas, ko‘ngil amriga bo‘ysunaman, deganman. Men har doim ishtiyoq tufayli futbol bilan shug‘ullanganman va pul uchun futbol bilan shug‘ullanishni istamayman,» – deya 66 yoshli murabbiyning so‘zlarini keltiradi Curiosidades Europa.
Sarri yozda «Lasio»ni qabul qilib olgandi. Uning qo‘l ostida rimliklar 6 turdan keyin 7 ochko bilan Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/