«Yuventus»ning sobiq o‘yinchisi uch tomonlama yo‘l-transport hodisasiga uchradi

Niderlandiyalik 38 yoshli futbolchi Eljero Eliya mahalliy trassada yo‘l-transport hodisasi ishtirokchisiga aylandi.

Futbolchi Lamborghini rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, yana ikkita transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan.

YTH oqibatida haydovchi va yo‘lovchilardan hech kim jabrlanmagan – voqea joyiga zudlik bilan huquq-tartibot idoralari xodimlari yetib borgan.

Eliya polisiya hamrohligida voqea joyini tark etdi. YTH ishtirokchilaridan biri tergovdan so‘ng qo‘lga olindi.

Eljero Niderlandiya terma jamoasi a’zosi sifatida tanilgan va u 30 ta o‘yinda maydonga tushgan (ikkita gol va to‘rtta golli uzatma).

Klubdagi faoliyati davomida vinger quyidagi jamoalarda o‘ynagan: «Tvente», «Feyenoord», «Utrext», «ADO Den Xaag», «Istanbul Bashakshexir», «Gamburg», «Verder», «Sautgempton» va «Yuventus». Hozirda Eliya «Madeshteyn» jamoasida o‘ynamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter