Fransuz klubi futbolchisi odam o‘ldirishda ayblanmoqda
Fransiyaning “Renn” klubining ismi sir saqlanayotgan futbolchisi odam o‘ldirishda ayblanmoqda.
“Renn” klubining 18 yoshli futbolchisi elektr-skuterda ketayotganda 51 yoshli ayolning o‘limiga sababchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda RMC.
La Province nashrining aniqlik kiritishicha, YTH Renn shahri markazidagi ko‘chaning piyodalar o‘tish joyida sodir bo‘lgan. Voqeadan keyin ayol bir necha kun kasalxonada davolangan.
Ma’lum qilinishicha, hodisa vaqtida skuterda ikki yigit bo‘lgan. Ikkinchi yo‘lovchi “Renn” akademiyasida tahsil oluvchi voyaga yetmagan sportchi hisoblanadi. Tekshiruv ularning spirtli ichimlik va giyohvand moddalar iste’mol qilmaganini ko‘rsatdi.
Prokuror Filipp Astrukning ma’lum qilishicha, 18 yoshli futbolchi 4 iyul, payshanba kuni prokuror oldida ko‘rsatma beradi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/