«Boka Xuniors»ning ikki o‘yinchisi KO‘JCHda 4 tadan o‘yinga diskvalifikasiya qilindi
«Boka Xuniors» himoyachisi Nikolas Figal va yarim himoyachi Ander Errera klublar o‘rtasidagi JCH-2025 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan «Benfika»ga (2:2) qarshi bahsdagi harakatlari uchun jazolandi. Futbolchilar 4 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi.
Bu haqda Reuters xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, Argentina klubi allaqachon FIFA bilan bog‘lanib, chiqarilgan qaror ustidan apellyasiya berishni so‘ragan. Futbolchilar ishtirokidagi voqealar turli vaqtlarda sodir bo‘lgan: 20-daqiqada jarohati tufayli maydonni tark etgan ispaniyalik Errera zaxira o‘rindig‘idaligida maydondan chetlatilgan – o‘yinning 45-daqiqasida uchrashuv referisini haqorat qilgani uchun.
Figal esa raqibiga qarshi xavfli tashlanish uchun 88-daqiqala chetlatildi. «Boka» futbolchilaridan tashqari «Benfika» forvardi Andrea Belotti ham jazolandi. Italiyalik futbolchi bellashuvning 72-daqiqasida qo‘pollik ishlatgani uchun 2 ta o‘yinga chetlatildi.
«Boka Xuniors» keyingi turda 21 iyun kuni Myunxenning «Bavariya» klubiga qarshi bahs olib borsa, «Benfika» 25 iyun kuni «Oklend Siti»ga qarshi maydonga tushadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/