Kassano Leauni tanqid qildi: «U futbolni tushunmaydi»
Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Antonio Kassano «Milan» qanot hujumchisi Rafael Leauning o‘yinini tanqid qildi.
«O‘ng oyog‘i bilan ham, chap oyog‘i bilan ham tepishni bilmaydigan yigitni ko‘rganimda, odamlar meni unga tirnoq ostidan kir qidiryapti, deb o‘ylashadi, ammo bu haqiqat. U qanday o‘ynashni bilmaydi, futbolni tushunmaydi, bir oyog‘i bilan zarba berishni bilmaydi,» – dedi Kassano Viva el Futbol efirida.
Mutaxassisning fikricha, portugaliyalikning maydondagi yagona foydali sifati – to‘pni tezlikda nazorat qila olish qobiliyatidir.
Joriy mavsumda Leau jarohat tufayli «rossonerilar» libosida bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushdi. U bitta gol urdi. «Milan» 13 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/