Kassano: «Italiya Yevropa chempionatini ajoyib o‘tkazadi»
Italiyalik sobiq hujumchi Antonio Kassano Italiya terma jamoasining bugungi saviyasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘tgan yilning sentyabr oyida «adzurrilar» murabbiyi etib Luchano Spaletti tayinlangan edi. Aynan «Napoli»ning sobiq ustozi boshchiligida italiyaliklar Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevro-2024 musobaqasida ishtirok etishadi.
«Jamoa boshidagi Spalletti bu ma’lum bir kafolatni ta’minlaydi. Albatta, jamoa hali ham yaxshilanishi kerak, ammo murabbiylik ko‘prigida jahon darajasidagi mutaxassis bo‘lsa, hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin.
O‘ylaymanki, Italiya Yevropa chempionatini ajoyib o‘tkazadi», – dedi Kassano.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/