Kroos: «Barselona» 75-daqiqadan keyin charchab qolyapti»
«Real»ning sobiq futbolchisi Toni Kroos «Barselona»ning muammosini aytib o‘tdi. Nemis futbolchisining fikricha, kataloniyaliklar hatto jamoa charchagan paytda ham o‘z o‘yin uslubidan voz kechmaydi.
«75-daqiqadan so‘ng «Barselona»dagi barcha o‘yinchilar charchagani ko‘zga tashlanmoqda. Shuningdek, ular bo‘sh hududlarni yopish uchun o‘z o‘yin uslubini o‘zgartirmayotganlari ham ko‘rinib turadi. Agar siz charchagan bo‘lsangiz-u, lekin o‘z uslubingizni o‘zgartirmasangiz, qanchalik zaif ekanligingiz yaqqol namoyon bo‘ladi!» – deya Kroosning so‘zlarini Marca nashriyoti keltiradi.
So‘nggi ikki uchrashuvda «Barselona» «PSJ»ga (Chempionlar Ligasida 1:2 hisobida) va «Sevilya»ga (Ispaniya chempionatida 1:4 hisobida) mag‘lub bo‘ldi. Ikkala holatda ham kataloniyaliklar o‘yinlarning yakuniy qismlarini muvaffaqiyatsiz o‘tkazishdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/