Noyer: «Bu mening davrimdagi eng kuchli jamoalardan biri»
«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer jamoaning joriy mavsumdagi o‘yinini yuqori baholadi. Myunxenliklar mavsumning dastlabki o‘nta o‘yinida o‘nta g‘alabaga erishdi. Germaniyaning amaldagi chempioni shanba kuni Frankfurtning «Ayntraxt» klubini yirik hisobda mag‘lub etdi – 3:0.
«Hozirgi «Bavariya» mening davrimdagi eng yaxshi jamoalardan biri hisoblanadimi? Ha, albatta. Har bir o‘yinchi nima qilish kerakligini biladi, har birining o‘z vazifasi bor. Biz maydonda ajoyib hamkorlik qilamiz, bir-birimizga yordam beramiz, hammasi ajoyib ishlamoqda», – deya intervyu berdi 39 yoshli darvozabon.
Manuel Noyer «Bavariya» safida 2011 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/