Flik: «PSJ»dan uchralgan mag‘lubiyatdan hafsalamiz pir bo‘ldi»

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya La Ligasi doirasidagi «Sevilya»ga qarshi o‘yini haqida gapirdi.

«Sevilya»ni yaxshi bilamiz. Ular tajovuzkor va shiddatli o‘ynaydi, ularning o‘z uslubi bor, ularni muxlislar yaxshi qo‘llab-quvvatlaydi. Oson bo‘lmaydi.

«PSJ»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin barchamizning hafsalamiz pir bo‘ldi, ammo «Sevilya»ga qarshi o‘yin ham muhim va biz uch ochko olishni istaymiz. Ha, biz so‘nggi mag‘lubiyatdan xafa bo‘ldik, ammo biz o‘rganishimiz va xulosa chiqarib, oldinga siljishimiz kerak,» – dedi Flik matbuot anjumanida.

«Sevilya» – «Barselona» uchrashuvi 5 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:15da boshlanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter