Xabi Alonso: «Ish bajarildi»
«Real» bosh murabbiyi Xabi Alonso Chempionlar Ligasi umumiy bosqichidan o‘rin olgan «Qayrat» (5:0) ustidan qozonilgan yirik g‘alaba haqida fikr bildirdi.
«Ish bajarildi. Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Mbappe shu qadar samarali, shu qadar sovuqqon. Unga ko‘proq imkoniyatlar yaratib, vazifasini yengillatishimiz kerak. Men Kiliandan haqiqatan ham mamnunman va nafaqat uning gollari, balki qolgan barchasi: uning yetakchiligi, har tomonlama o‘yini, yosh futbolchilarga munosabati», – deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/