«Manchester Siti»ning ikki yulduzi jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytdi
«Manchester Siti» ertaga, 1 oktyabr kuni Chempionlar ligasi 2-turida «Monako» bilan kuch sinashadi.
Ushbu o‘yindan oldin «shaharliklar»ning ikki yulduzi tayanch yarim himoyachi Rodri va hujumkor yarim himoyachi Rayan Sherki umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytgan. Bu haqda Fabrisio Romano xabar berdi.
Afsuski, hamyurtimiz Abduqodir Husanov hamon jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lmagan va ertangi o‘yinni o‘tkazib yuborishi aniq.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/