Gavi mashg‘ulotlarga qaytdi
Kataloniyaning «Barselona» klubi yarim himoyachisi Gavi uzoq vaqtdan so‘ng umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarni davom ettirdi.
Bu haqda taniqli italiyalik jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Gavi tizzasidan jarohat olib, mavsumning qolgan qismini va Yevro-2024ni o‘tkazib yuborgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/