Grilish: «Men o‘z hayotimda yashashni va undan zavqlanishni xohlayman»
«Everton» yarim himoyachisi Jek Grilish o‘zining bazmlari haqida gapirib berdi.
«Odamlar: «U sayr qilishni yaxshi ko‘radi, bazmlarni yaxshi ko‘radi,» deyishadi va bu haqiqat. Men o‘z hayotimda yashashni va undan zavqlanishni xohlayman, lekin, albatta, har bir narsaning o‘z vaqti va o‘rni bor. To‘g‘risini aytsam, ba’zan noqulay paytlarni tanlagan bo‘lsam kerak. «Man Siti»da ba’zida o‘z foydamga ish qilmaganman, menimcha, hamma gap bunda emasdi,» – deya Grilishning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/