«Al-Ittihod» «An-Nasr»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatni kechirmadi: Loran Blan iste’foga chiqarildi
Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubi bosh murabbiy Loran Blan bilan shartnomani bekor qilganini e’lon qildi.
Jidda jamoasi juma kuni Saudiya Arabistoni chempionati 4-turidan o‘rin olgan bahsda Krishtianu Ronaldu to‘p surgan «An-Nasr»ga o‘z maydonida 0:2 hisobida yutqazdi. Hozircha «Al-Ittihod» jadvalda uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Murabbiylik vazifasini vaqtincha Blanning yordamchisi Hassan Xalifa bajaradi. Unga yordamchi sifatida yoshlar jamoasi murabbiyi Ivan Karrasko tayinlandi.
Blan «Al-Ittihod»ni 2024 yil iyul oyidan buyon boshqarib kelar edi. O‘tgan mavsumda u jamoa bilan Saudiya chempionati va Qirol kubogini qo‘lga kiritgandi.
Manba: sports.ru
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/