«Atletiko Madrid» hujumchisiga ikki grand klub da’vogar
Fichajes ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda «Atletiko Madrid»da o‘ynayotgan argentinalik hujumchi Xulian Alvaresga Yevropaning ikki grandi qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli hujumchini o‘z safiga «Barselona» ham, Angliyaning amaldagi chempioni «Liverpul» ham qo‘shib olmoqchi.
Alvaresning o‘zi kelasi yozda Madrid klubini tark etish haqida o‘ylashi mumkin. Xulian «matraschilar» safiga o‘tgan yili «Manchester Siti»dan kelib qo‘shilgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/