Madueke xochsimon bog‘lamidan jarohat oldimi?

Londonning «Arsenal» klubi vingeri Noni Madueke «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda (1:1) tizzasidan jarohat olgani xabar berilgan edi.

SamC Reports xabariga ko‘ra, 23 yoshli inglizning xochsimon bog‘lami shikastlanmagan. Uning tiklanishi uchun uzoq vaqt talab etilmaydi.

Mikel Arteta Angliya kubogi doirasidagi o‘yin oldidan Nonining holati bo‘yicha ma’lumot berishi kutilmoqda.

Madueke joriy mavsumda «kanonirlar»ni 6 ta o‘yinida maydonga tushdi, ammo hali birorta golda qatnashgani yo‘q.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter