Madueke o‘z o‘yinida o‘sish bo‘layotganini aytdi

«Chelsi» vingeri Noni Madueke o‘z o‘yini haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

22 yoshli futbolchi joriy mavsumni ajoyib tarzda boshladi, Premyer-liganing ikkita o‘yinida uchta gol urdi.

“Mareska meni har bir mashg‘ulotda 100% borimni berishga undaydi. Men hozir ajoyib formadaman deb o‘ylayman. So‘nggi to‘rt-besh oy ichida mening faoliyatim sezilarli darajada yaxshilandi. Endi men ancha barqaror o‘yin ko‘rsatayapman – bu imkon qadar uzoq davom etishi kerak», — deya 2023 yilning yanvarida «ko‘klar» safiga qo‘shilgan Maduekening so‘zlarini keltiradi «Chelsi» matbuot xizmati.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter