«Marsel» murabbiyi: «Juda afsusdaman, chunki g‘alaba qozonishimiz mumkin edi»

«Marsel» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi Chempionlar ligasida «Real»ga qarshi (1:2) mag‘lubiyatdan so‘ng taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Unda fransuz klubi 1:0 hisobida oldinda borayotgan va 72-daqiqadan boshlab ko‘pchilikda o‘ynayotgan edi.

«Juda afsusdaman, chunki biz g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Jamoamizda ko‘plab yangi futbolchilar bor — ularning qisqa vaqt ichida o‘zaro uyg‘un o‘ynashi juda qiyin. Lekin men jamoamga aytdim: bugungi kunda biz natija boshqacha bo‘lishi uchun yetarlicha ish qildik.

Ishonchim komilki, biz bugun yutishimiz mumkin edi. Birinchi 20 daqiqa ichida juda kamtarona harakat qildik, ammo keyin erkinroq o‘ynadik. Afsuski, ko‘pchilikda qolganimizda butun jamoa bilan raqibni 20–30 metr yuqorida qarshi olishga ojiz bo‘ldik. Agar shunday qilganimizda, g‘alaba ancha real bo‘lardi», — deya De Dzerbining so‘zlarini UYEFA keltiradi.

Manba: sport24.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter