Fermin Lopes – «Chelsi»dan taklif haqida: «Menda hech qanday shubha yo‘q edi»

«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes klubda qolish qarori haqidagi savolga javob berdi.

Yozgi transferlar oynasi yopilishi oldidan ispaniyalik futbolchini Londonning «Chelsi» klubi o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rdi, biroq xavbek ketishni istamadi. Yakshanba kuni Lopes dubl qayd etdi va «ko‘k-anorranglilar»ga La Liga bahsida «Valensiya»ni yirik hisobda mag‘lub etishga yordam berdi (6:0).

«Menda kelajakka nisbatan shubha yo‘q edi – men qolishni xohlardim. Takliflar bo‘ldi, ammo men har doim «Barselona»da o‘ynashni davom ettirishni xohlardim. Bu yerda uzoq yillarni o‘tkazish uchun bor kuchim bilan kurashaman,» – deya Ferminning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter