Xenderson ikki yarim yil ichida APLdagi ilk samarali harakatini amalga oshirdi
«Brentford» yarim himoyachisi Jordan Henderson «Chelsi»ga (2:2) qarshi o‘yinda golli uzatmani amalga oshirdi.
35 yoshli futbolchi uchrashuvning 35-daqiqasida hisobni ochgan Kevin Shadega assistentlik qildi. Xenderson uchun bu 2023 yil aprel oyidan beri Premyer-ligadagi birinchi golli harakatdir (o‘sha paytda «Liverpul» safida «Lids»ga qarshi o‘yinda golli uzatma bo‘lgan).
Eslatib o‘tamiz, Jordan Xenderson 2023 yilning yozida «Liverpul»ni tark etgan, shundan so‘ng Saudiya Arabistonida «Al-Ittifoq»da o‘ynagan, keyin esa Niderlandiyada «Ayaks» safida to‘p tepgandi. Mersisaydliklarning sobiq sardori joriy mavsum boshlanishidan oldin vataniga qaytib keldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/