Yamal: «Meni irqchilik bezovta qilmaydi»
«Barselona» futbolchisi Lamin Yamal o‘ziga nisbatan irqchilik ruhidagi haqoratlarga e’tibor bermayotganini tan oldi.
«Bunga qarshi qanday kurashaman? Odamlar hamma narsani gapirishlari mumkin, chunki menga, to‘g‘risini aytsam, baribir. Bu hammaga emas, balki bolaligida qiyin kunlarni boshidan kechirgan, qandaydir muammolarga duch kelgan ba’zi odamlarga xos, bilmadim. Yo‘q, bu meni xavotirga solmaydi,» – deya «ko‘k-anorranglilar»ning 18 yoshli vingeri so‘zlarini keltiradi BarcaTimes.
Lamin Yamal 2023 yildan beri «Barselona»ning asosiy jamoasida o‘ynamoqda. May oyida ispaniyalik Kataloniya grandi bilan 2031 yilning yarmigacha mo‘ljallangan yangi mehnat shartnomasini imzoladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/