U-23 Osiyo kubogiga qur’a tashlash sanasi ma’lum

Osiyo futbol konfederasiyasi 2026-yilning 7–25-yanvar kunlari Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U-23 Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi. Unga ko‘ra mazkur tadbir 2025-yilning 2-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadi.

Qur’ada jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 1-savatchadan o‘rin olgan:

1-savatcha
Saudiya Arabistoni (musobaqa mezboni)
O‘zbekiston
Yaponiya
Iroq

2-savatcha
Koreya Respublikasi
Vyetnam
Avstraliya
Qatar

3-savatcha
Tailand
Iordaniya
BAA
Eron

4-savatcha
Xitoy
Suriya
Qirg‘iz Respublikasi
Livan

Ma’lumot o‘rnida, OFK jamoalarni savatchalarga ajratishda so‘nggi uchta Osiyo kubogida (Tailand-2020, O‘zbekiston-2022 va Qatar-2024) erishilgan natijalarni hisobga olgan.

Mazkur musobaqa guruh bosqichi, chorak final, yarim final, 3-o‘rin uchun va final uchrashuvlaridan iborat bo‘ladi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter