Tennis. Sobolenko ketma-ket ikkinchi yil US Open chempioni bo‘ldi

Arina Sobolenko ketma-ket ikkinchi yil US Open chempioniga aylandi. Finalda u Amanda Anisimovadan 6:3, 7:6(3) hisobida ustun keldi.

Sobolenko faoliyatidagi to‘rtinchi «Katta dubulg‘a»da g‘alaba qozondi. AQSH ochiq chempionatidan tashqari u 2023 va 2024 yillarda Avstraliya ochiq chempionatida g‘olib bo‘lgan.

Belaruslik tennischi 2014 yildan beri US Open turnirida o‘z chempionligini himoya qilgan birinchi tennischi bo‘ldi. O‘shanda Serena Uilyams buni amalga oshirgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter