Shveysariya ketma-ket ikkinchi Yevroda chorak finalga chiqdi

Shveysariya terma jamoasi ketma-ket ikkinchi marta Yevropa chempionatining chorak finaliga chiqdi.

Murat Yakin shogirdlari Yevro-2024 1/8 finalida Italiyani mag‘lub etishdi (2:0).

Shveysariyaliklar uch yil oldin Yevro-2020’da 1/8 finalda (3:3, penaltilar bo‘yicha 5:4) Fransiyani mag‘lub etgan va 1/4 finalda ispanlarga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgandi (1:1, 1:3).

Shveysariyaning keyingi bosqichdagi raqibi Angliya – Slovakiya juftligida aniqlanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter