«Inter» «Lans» futbolchisi uchun 25 million yevro atrofida pul to‘laydi

«Inter» Fransiya U21 yarim himoyachisini sotib oladi.

Milanliklar «Lans» bilan Andi Diuf transferini kelishib oldi, deya xabar bermoqda Sky Sport. Futbolchining o‘zi «neradzurrilar» safiga qo‘shilishga rozi bo‘lgan, kelishuv yaqin soatlarda yakunlanadi.

22 yoshli futbolchi uchun italiyaliklar bonuslar bilan birga 25 million yevro atrofida pul to‘lashadi. Diuf shu bugunoq Milanga yetib keladi.

Andi Liga 1ning o‘tgan mavsumida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter