Konferensiyalar ligasi. Pley-off raundi. Husanov to‘liq o‘ynagan o‘yinda «Lans» «Panatinaikos»ga imkoniyatni boy berdi va saralashdan o‘ta olmadi

Konferensiyalar ligasiga chiqish uchun saralash pley-offi javob o‘yinida «Lans» «Panatinaikos»ga safarda 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Bahsda Abduqodir Husanov fransuz klubi uchun to‘liq o‘yin o‘tkazdi.

Panatinaikos Gresiya – Lans Fransiya 2:0 (0:0, 2:0)
29 avgust, 23:00, «Spiros Luis»
Gollar: 1:0 – 62 Pelistri, 2:0 – 85 Tete.
Panatinaikos – Drongovski, Ingason (Shenkeveld, 79), Yedvay, Kosiras (Vayannidis, 61), Mladenovich, Bakasetas (Mansini, 61), Gnezda-CHerin (Maksimovich, 61), Pelistri (Djurichich, 82), Arao, Tete, Ioannidis.
Lans – Samba, Gradi (Nzola, 87), Abduqodir Husanov, Machado (Chaves, 71), Sarr (Aydara, 71), Diuf, Frankovski, David Koshta (Fyuljeni, 67), Tomasson, Said (Labo-Laskari, 67), Sotoka.
Ogohlantirishlar: Frankovski (10), Still (11), Tete (19), Gradi (53), Aydara (90+4).
Birinchi o‘yin: 1:2

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter