Xabi Alonso: «Ardaga vaqt kerak»
Madridning «Real» klubi La Liga ilk turida «Osasuna»ni mag‘lub etdi – 1:0.
Madridliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso «qirollik klubi» safida asosiy tarkibda maydonga tushib, ikkinchi bo‘limda zaxiraga olingan Arda Gyuler haqida fikr bildirdi.
«Ardaga muhim o‘yinchiga aylanishi uchun ko‘proq maydon vaqti kerak. U shunga intilayapti», – dedi ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/