«Liverpul» Isakning transferini tezroq rasmiylashtirmoqchi
«Liverpul» shvesiyalik hujumchi Aleksandr Isakni transfer bozoridagi asosiy maqsad qilib oldi.
«PSJ» futbolchisi Bredli Barkolaning variantiga qaramay, «qizillar» faqat «Nyukasl» futbolchisiga e’tibor qaratishgan. O‘tgan haftada ularning 110 million funt sterlinglik taklifi rad etildi, ammo muzokaralar davom etmoqda.
Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Isak «Nyukasl» rahbariyatiga endi klubda o‘ynashni istamasligini aytgan. Biroq, «qarg‘alar» qat’iy pozisiyani egallab, forvard sotilmasligini ta’kidlamoqda. Shunga qaramay, «Liverpul» futbolchining o‘z xohishi vaziyat natijasiga ta’sir qilishi va uning «Enfild»ga o‘tishini yaqinlashtirishiga ishonmoqda.
Vinker Barkola faqat zaxira variant sifatida qaraladi, rasmiy muzokaralar olib borilmayapti. Endi ko‘p narsa «Nyukasl»ning yon berish istagiga bog‘liq, chunki Isak 1 sentyabr kuni transfer oynasi yopilguniga qadar jamoani o‘zgartirishga qaror qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/