Luis Enrike faoliyatida ikkinchi bor 1 mavsumda 5 ta sovrin qo‘lga kiritdi

Luis Enrike murabbiylik faoliyatida ikkinchi marta bir yil ichida beshta sovrinni qo‘lga kiritdi.

«PSJ» 2025 yilda beshinchi sovrinni qo‘lga kiritdi. Luis Enrike jamoasi UYEFA Superkubogi uchun o‘yinda «Tottenxem»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.

Bungacha parijliklar Chempionlar Ligasi, Liga 1, Kubok va Fransiya Superkubogi g‘olibi bo‘lgandi.

Ispaniyalik murabbiy 2015 yilda «Barselona» bilan bir kalendar yilida xuddi shunday natijalarga erishgan edi. O‘shanda kataloniyaliklar La Liga, Ispaniya Kubogi, Chempionlar Ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Bu yil murabbiyda parijliklar bilan 6-sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati bor. Dekabr oyida Enrike jamoasi FIFA qit’alararo kubogi uchun o‘ynaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter