«Manchester Siti» mavsumni birgina sovrin bilan yakunlaydigan bo‘ldi

«Manchester Siti» bu mavsumda bor-yo‘g‘i 1 ta sovrinni qo‘lga kiritdi – APL chempionligi.

Bugun Pep Gvardiola boshchiligidagi jamoa Angliya kubogi finalida Erik ten Xag boshchiligidagi «Manchester Yunayted»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, «Manchester Siti» joriy mavsumda bor-yo‘g‘i 1 sovrin – Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Avvalroq klub Chempionlar ligasining chorak finalida «Real»ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgandi. Shuningdek, «shaharliklar» Angliya liga kubogining 3-davrasida «Nyukasl»ga imkoniyatni boy berib (0:1) qo‘ygandi.

O‘tgan mavsumda «Siti» Premyer-liga, Angliya kubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqandi.

Manba: sports.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter