«Al-Ittihod» «Selta»ning taklifini rad etdi
Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubi Ispaniyaning «Selta» klubining hujumchi Talal Xajini sotib olish taklifini rad etdi. Bu haqda mahalliy «Ar-Riyadh» nashri xabar bermoqda.
«Selta» 17 yoshli futbolchini tekinga qo‘lga kiritmoqchi edi, bu esa jamoa manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakat sifatida baholandi. Shu bilan birga, «Al-Ittihod» vakillari Xadjiga o‘yin amaliyoti beradigan boshqa har qanday variantni ko‘rib chiqishlarini ma’lum qilishdi.
Xadji «Al-Ittihod»ning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bir yil oldin u o‘z mamlakatining asosiy terma jamoasida debyut qildi va «lochinlar»ning eng yosh debyutantlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi. U o‘tgan mavsumni qisman «Ar-Riyod»da ijarada o‘tkazib, 10 ta o‘yinda 1 ta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 700 ming yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/