«Yuventus» Luisni 46 million yevroga ingliz klubiga sotishi mumkin

Turinning «Yuventus» klubiga tegishli bo‘lgan braziliyalik xavbek Duglas Luis Angliya chempionatiga qaytishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Jurnalistlar ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli yarim himoyachining transferiga «Everton» qiziqish bildirmoqda. Potensial bitim summasi 46 million yevroga baholanmoqda. Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi «keksa sinyora» safiga o‘tguniga qadar Birmingemning «Aston Villa» klubi sharafini himoya qilgan.

O‘tgan mavsumda Duglas «Yuventus» safida 27 ta o‘yin o‘tkazgan. Luis va Turin klubi o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter