Amorim: «Jim bilan shug‘ullanish oson»

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim klub xo‘jayini Jim Retkliff bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi.

«Telefonda gaplashamiz, u menga SMS yozadi, gif jo‘natadi, men hazil qila olaman. Jim bilan shug‘ullanish oson.

Agar o‘z ishingni bilsang va qabul qilgan qaroringni tushuntira olsang, hammasi yaxshi bo‘ladi. Bilaman, u klub egasi, men o‘z o‘rnimni bilaman.

Lekin nimadir deyishga to‘g‘ri kelganda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytaman. O‘ylaymanki, bu unga juda yoqadi», – deya Amorimning so‘zlarini keltiradi BBC.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter