«MYU»ning yangi aksiyadori jamoaning o‘yiniga tashrif buyuradi

Jim Retkliff aksiyalarni sotib olganidan keyin birinchi marta «Manchester Yunayted» o‘yiniga tashrif buyuradi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida «Manchester Yunayted» klubning 25 foiz ulushini britaniyalik milliarder taxminan 1,25 milliard funt sterlingga sotganini rasman e’lon qilgan edi.

Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» aksiyadoriga aylanganidan keyin Retkliff barcha darajadagi klub xodimlari bilan bir necha bor uchrashgan, shuningdek, Erik ten Xag bilan muzokaralar olib borgan. Biroq kelishuvdan so‘ng Ineos kompaniyasi rahbari biror marta ham klub o‘yinlariga bormagan – o‘yinlarda kompaniya sport direktori Deyv Breylsford ishtirok etgan.

Retkliff yakshanba kuni «MYU»ning «Old Trafford»da «Tottenxem»ga qarshi o‘yiniga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter