«Yuventus» Kolo-Muanini faqat o‘z shartlari bo‘yicha ortga qaytarishga rozi

«Yuventus» o‘z shartlari asosida Randal Kolo-Muanini qaytarishni rejalashtirmoqda.

«PSJ» forvardi o‘tgan mavsumning yarmini ijara asosida Turin klubida o‘tkazdi.

Futbolchi klubda barchani hayratda qoldirdi, shuning uchun «Yuventus» unga sarmoya kiritishni davom ettirishga qaror qildi, deb xabar beradi Sky Sport Italia.

«Yuventus» shoshilmayapti va kelishuvni faqat o‘z shartlari asosida, avvalo, futbolchining o‘zining qaytish istagiga tayangan holda amalga oshirmoqchi. Endi turinliklar «PSJ» futbolchini yana ijaraga berishga tayyorligi haqidagi signalni kutmoqda.

Kolo-Muani «Yuve» safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchi parijliklar safida 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter