«Atletiko» «Chelsi» himoyachisi uchun ikkinchi taklifni yubordi
Madridning «Atletiko» klubi «Chelsi» markaziy himoyachisi Renatu Veygani sotib olishga harakat qilmoqda.
«Matraschilar» 21 yoshli portugaliyalik uchun «aristokratlar»ga yuborgan 30 million yevrolik taklifi rad etilgandi.
Relevo xabariga ko‘ra, Madrid klubi Veyga uchun 35 million yevrolik ikkinchi taklifni tayyorlamoqda.
Londonliklar esa 40-45 million xohlamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/