«Chelsi»ning yangi futbolchisi: «O‘zimni aqlli, tajovuzkor futbolchi deb bilaman»

«Chelsi»ning yangi futbolchisi Renatu Veyga «ko‘klar» tarkibiga qo‘shilgani haqida fikr bildirdi.

Bir kun avval «Chelsi» Veygani «Bazel»dan 12 million funt sterlingga sotib olganini e’lon qildi. Angliya 20 yoshli portugaliyalik futbolchi yashash imkoniyatiga ega bo‘lgan beshinchi davlatga aylandi.

Veyga besh tilda, jumladan, ingliz tilida so‘zlashadi va bir nechta pozisiyalarni o‘ynashga qodir. Avvalo, Renatu o‘zini «buzg‘unchi» sifatida ko‘radi.

«Men aqlli, tajovuzkor o‘yinchiman. Menga to‘p bilan ishlash qulay va ko‘p qirraliligim hisobga olinsa, o‘zimni to‘laqonli o‘yinchi deb ta’riflagan bo‘lardim. Men maydonda ko‘p pozisiyalarda o‘zimni yaxshi his qilaman. Sevimli pozisiyam bor demagan bo‘lardim. Chunki bu taktik elementlarga bog‘liq, lekin men chap qanot, markaziy himoya va yarim himoyachi sifatida o‘ynadim.

Menga himoyalanish juda yoqadi, kattaligim va jismoniy kuchimdan foydalanaman, bundan rohat olaman. Menga to‘p bilan yoki to‘psiz o‘yinni nazorat qilish yoqadi», – dedi Veyga «Chelsi» rasmiy saytiga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter