«Barselona» himoyachisi: «Bu yerda juda baxtliman»

Kataloniyaning «Barselona» klubi chap qanot himoyachisi Jerar Martin klubdan ketish istagi yo‘q ekanligini aytdi.

— Sizga kelgan takliflar haqida ko‘p eshitamiz. «Barcelona»ni tark etish imkoniyatini qabul qilasizmi?

— Bilmadim, bu gaplar to‘g‘rimi. Agar shunday bo‘lsa, ular menga aytishgan bo‘lardi. Men bu yerda, «Barcelona»da juda xursandman va ketishni xohlamayman. Agar murabbiy va ma’muriyat menga ishonsa, men bundan ortiq narsani so‘ray olmayman», – dedi Martin Catalunya Radio’ga bergan intervyusida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter