«Manchester Siti» futbolchisiga Bundesliga klublari da’vogar
«Ayntraxt» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Jeyms Makeyti bilan shartnoma imzolashi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Florian Plettenberg.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli ingliz kelasi hafta nemis klubi bazasiga tashrif buyurib, muzokaralar o‘tkazadi va klub haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ladi. Shuningdek, futbolchiga Dortmundning «Borussiya» klubi ham da’vogarlik qilmoqda.
Makati «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «shaharliklar»ning asosiy jamoasida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. Transfermarkt portali futbolchining bozor narxini 20 million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/