Vinisius Juniorga yangi shartnoma taklif etilmaydi

Madridning «Real» klubi forvardi Vinisius Junior «qirollik klubi» rahbariyatidan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha hech qanday taklif olmagan, deb xabar beradi El Chiringuito.

Ayni paytda tomonlar o‘rtasida yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib borilmayapti. «Qaymoqranglilar» va braziliyalik hujumchi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. 24 yoshli futbolchining transfer narxi Transfermarkt portali tomonidan 170 million yevroga baholanmoqda.

Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumida Vinisius «Real» safida 30 ta o‘yin o‘tkazdi. Hujumchi 11 ta gol va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter