«Vest Xem» yulduzi APLda o‘ziga yangi klub tanladi

«Vest Xem» klubi qanot hujumchisi Muhammad Kudus faoliyatini faqat «Tottenxem»da davom ettirmoqchi. Bunday ma’lumotlar bilan insayder Fabrisio Romano bo‘lishdi.

Manbaga ko‘ra, Muhammad Kudus bu bosqichda faqat «Tottenxem» bilan muzokara olib bormoqda, chunki u boshqa klublarga o‘tishni istamayapti. Qayd etilishicha, futbolchi allaqachon «shporlar»ga o‘z roziligini bergan, ammo jamoalar hali barchasini o‘zaro hal qilishlari kerak.

Kudus 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter